Germaniyada "Oq kitob"ning yangi tahriri tasdiqlandi

Jahon 18:28 / 13.07.2016 5884

Germaniya vazirlar mahkamasi «Bundesverning kelajagi va nemis xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oq kitob» — mamlakat harbiy doktrinasining yangi tahririni ma'qulladi, deb xabar qilmoqda Germaniya federal hukumati sayti. 

Ta'kidlanishicha, hujjatda Germaniyaning xavfsizlik sohasidagi manfaatlari va GFRning xavfsizlik sohasidagi siyosatining negizini tashkil etuvchi  qadriyatlar aks etgan. 

"Oq kitob" matniga muvofiq, Germaniya BMT missiyalarini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Shuningdek, unda NATO va YeIni kuchaytirish choralariga ham to‘xtab o‘tilgan. 

Shu bilan birga, Germaniya YeXHT faoliyatida ham faol ishtirok etishni rejalashtirgan. 

So‘nggi marotaba, Germaniya hukumati 2006 yilda "Oq kitob"ga o‘zgartirish kiritgan edi. 


 

Ko‘proq yangiliklar: