Fukushima: tashlandiq mashinalar va kimsasiz supermarketlar

Light 18:30 / 13.07.2016 13955

Bangkoklik fotosuratchi va sayohatchi Kiu Ui Lun (Keow Wee Loong) o‘z «feysbuk»ida 2011 yilda AES halokatidan so‘ng barcha mahalliy aholi evakuatsiya qilingan hududga borib qolgani haqida yozdi. U uch, to‘rt hafta rasman ruxsatnoma olishni kutib o‘tirmay, o‘rmon orqali yopiq hududga kirib qoldi.  

Lunning so‘zlariga ko‘ra, u «Qizil hudud»ga kirib, ko‘zlarida yonganlikni va kuchli kimyoviy hidni his etadi. Bu hududda radiatsiya darajasi avvalgidek juda yuqori, so‘nggi besh yil ichida u yerda juda kam inson bo‘lgan. 

Siz Fukushimadagi tashlandiq yerga o‘xshash hududni tasavvur qila olasizmi? Shahardagi yagona inson sifatida har bir magazinga hech qanday cheklovlarsiz kirish va istalgan narsani olish qanday bo‘ladi? Bu huddi bolalikda yolg‘iz qolib, supermarketda istalgancha shokolad yeyishga o‘xshaydi.

Chernorbildan farqli o‘laroq, shahar talon-taroj bo‘lmagani sayohatchini hayron qoldirdi. U bu yerda yegulik, oltin, noutbuk va shoshganda aholi tashlab ketgan boshqa qimmatbaho narsalarni topishga muvaffaq bo‘ldi. 

Lun yadro energiyasidan foydalanmaslikka chaqirdi va aynan shu narsa falokatga sabab bo‘lgani, uning oqibatida esa insonlar, o‘simliklar va dengiz hayvonlari jabr ko‘rganini eslatib o‘tdi.   

Suratlarga ko‘ra, u yuzini yengil respirator bilan himoya qilgan, biroq maxsus kiyimdan foydalanmagan. Ko‘plab foydalanuvchilar qayd etishicha, bu uning salomatligiga xavf solishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: