Fransiyaning Turkiyadagi elchixonasi va konsulxonasi noma'lum muddatga yopildi

Jahon 17:58 / 13.07.2016 3539

Turkiyada Fransiyaning elchixonasi (Anqara shahrida) va bosh konsulxonasi (Istanbul) xavfsizlikni ta'minlash zarurati tufayli yopildi. Bu haqda Reuters agentligi elchixona ma'muriyatiga asoslanib xabar tarqatgan.

«Fransiyaning Anqaradagi elchixonasi, shuningdek Istanbuldagi konsulxona 13 iyuldan boshlab yopiq bo‘ladi. Keyinroq bu borada batafsil ma'lumot beriladi,» —deyilgan xabarda.

Istanbuldagi bosh konsulxona ham Fransiyaning 14 iyul kuni nishonlanadigan milliy bayrami tufayli «jiddiy tahdidlar» mavjudligi tufayli yopiq bo‘lishini ma'lum qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: