Fransiyada terrorizm qurbonlari uchun medal ta'sis etildi

Jamiyat 17:01 / 13.07.2016 3640

Fransiyada terrorchilik harakatlari oqibatida qurbon bo‘lgan yoki jabrlanganlarga taqdim etiladigan medal ta'sis etildi. Shu haqdagi qaror L'Officiel portalida e'lon qilingan.

Yangi medalni ta'sis etishdan maqsad, "2006-yil 1-yanvaridan e'tiboran Fransiya hududi yoki undan tashqarida terrorchilarning harakatlaridan jabrlangan, halok bo‘lgan yoki ular tomonidan garovga olinganlarga Fransiya xalqining hurmatini namoyish qilishdir". 

U shuningdek, xorijiy fuqarolarga ham taqdim etilishi mumkinligi ta'kidlangan. 


Teglar: Fransiya, terrorizm, medal

Ko‘proq yangiliklar: