Google Play dasturlar do‘konida yuklab olingan kontentlarni oila a'zolari bilan bo‘lishish imkonini beruvchi yangi funksiya paydo bo‘ldi. Bu haqida kompaniyaning sayti xabar beradi.
Mazkur funksiya Google Play Family Library deb nom oldi va Apple'ning shunga o‘xshash dasturidek ishlaydi. Google Play oilaviy guruhi doirasida oltita foydalanuvchilarga ilovalar, musiqa, o‘inlar va videoga ulanish imkonini beradi. Buning uchun a'zolar akkauntlari asosiy profil ulangan bank kartasiga bog‘langan bo‘lishi kerak.
Kontentni qurilma orqali Android, Google saytlari va iOS'dagi Google Play dasturlari bazasida o‘tkazish mumkin.
Oilaviy guruhni tuzish uchun hech qanday qo‘shimcha mablag‘ olinmaydi. Faqatgina kelgusidagi sotib olishlar uchun o‘z kredit kartangizni barcha ma'lumotlarini kiritish lozim. Bolalar barcha pullarni tasodifan o‘yinlar uchun sarflab yuborish holatini oldini olish maqsadida, Google har safar akkaunt egasiga sotib olishni tasdiqlashi uchun so‘rov yuboradi.
Yangi funksiya ayni damda AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Braziliya va Yaponiyada mavjud. Google bayonotiga ko‘ra, xizmat qolgan mamlakatlarda bir oy davomida paydo bo‘ladi.