«Barselona» «PSJ» jamoasi bilan himoyachi Luka Dinning transferi borasida kelishuvga erishganini tasdiqladi. Fransiyalik ushbu 22 yoshli futbolchi bilan 5 yillik shartnoma tuziladi va uning tovon puli miqdori 60 mln yevro etib belgilab qo‘yiladi.
Futbolchining transferi uchun parijliklar jamoasiga 16,5 mln yevro va 4 mln yevro bonus to‘lanadi.
O‘tgan mavsumda Din «Roma»da ijara asosida o‘ynagan va 33 uchrashuvda maydonga tushib, 3 gol urgan hamda 3 marta sheriklarini golli pas bilan ta'minlagan. Rimliklar jamoasi ijara muddati tugagach, Lukani 15 mln yevro evaziga sotib olishga rozi bo‘lmadi.
14 iyul kuni futbolchi Kataloniyaga kelishi va uning taqdimoti o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Chap qanotda o‘ynovchi futbolchi ko‘k-anorranglilar jamoasida Adriano Korreyyaning o‘rnini egallashi va Xordi Alba bilan raqobatlashishi kutilmoqda.
Manba: Tribuna.uz