AQSh qurolli kuchlarining 60 nafar harbiy xizmatchisi va 5ta Black Hawk vertolyoti Boltiqbo‘yining Latviya respublikasiga yetib keldi. Bu haqda, Delfi nashri Latviya mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga asoslangan holda xabar qilmoqda.
Ta'kidlanishicha, harbiy o‘quv mashg‘ulotlari milliy qurolli kuchlar harbiylari bilan hamkorlikda bo‘lib o‘tadi. Ular shuningdek, xalqaro mashg‘ulotlarda ham ishtirok etadi.
Bundan tashqari, 14 iyulda navbatdagi amerikalik harbiy hizmatchilar mintaqaga yetib kelishi xabar qilinmoqda.