“Adolat” SDP fraksiyasi a'zosi G‘allaorolda o‘z saylovchilari bilan uchrashdi

O‘zbekiston 18:20 / 13.07.2016 3909

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi a'zosi To‘lqin Abdusattorov Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida saylovchilar bilan uchrashdi. Bu haqda «O‘zA» xabar bermoqda.

  Uchrashuvda tadbirkorlikni huquqiy himoya qilish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan ta'minlash, “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturining mazmun-mohiyati, ulardan kelib chiqadigan maqsad va vazifalar ijrosida partiya faollarining o‘rni masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

– Mustaqillik yillarida xalqimiz erishgan va erishayotgan ulkan yutuq va marralar eng ulug‘, eng aziz bayramimiz arafasida barchamizda faxr-iftixor tuyg‘ularini yanada yuksaltirmoqda, – deydi deputat T.Abdusattorov. – Bu yutuqlarimiz navqiron avlodimizning har tomonlama barkamol voyaga yetishi uchun yaratilgan sharoitlarda, ular xalqaro miqyosda qo‘lga kiritayotgan beqiyos yutuqlarda yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Uchrashuvda deputat ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytardi.

Ko‘proq yangiliklar: