Rossiyada 2016 yilning birinchi yarmida o‘rtacha havo harorati 1981 yildan beri eng yuqorisi bo‘ldi. Bu haqda yig‘ilishda Rossiya tabiiy zaxiralar va ekologiya vaziri Sergey Donskoyga "Rosgidromet" rahbari o‘rinbosari Igor Shumakov ma'lum qildi.
Donskoy, o‘z navbatida, keltirilgan statistika Rossiya hududida iqlim o‘zgarishi mavjudligini tasdiqlashi va unga moslashish uchun tizimli choralar zarurligini ta'kidlab o‘tdi.
Uning aytishicha, Rossiya 2018 yil oxirigacha iqlim o‘zgarishi sababli iqtisodiyot tarmoqlarining qarshilik ko‘rsatishini oshirish va jabr ko‘rishini kamaytirish uchun moslashish milliy rejasini shakllantiradi. Bu reja qurg‘oqchilik va o‘ta namlanib ketishning oshishi, o‘rmonlarning yonish xatari, abadiy muzliklarning degradatsiyasi, ekologik muvozanatning buzilishi va boshqalarga qarshi kurashishga qaratilgan tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
"Rosgidromet" ma'lumotlariga ko‘ra, yilning birinchi yarmida Sibir federal okrugida harorat tarixdagi eng issig‘i bo‘ldi, Shimoli-G‘arbiy, Janubiy, Qrim, Volgabo‘yi va Ural federal okruglarida o‘rtacha havo harorati eng yuqori ko‘rsatkichlar orasida 2-3-darajali bo‘ldi.
Rossiyaning katta qismida yog‘ingarchilik hajmi me'yorlarga yaqin bo‘lgan.