Toshkentda ilk Xalqaro meva va sabzavot yarmarkasi ish boshladi

O‘zbekiston 13:45 / 12.07.2016 12951

Bugun Toshkentda birinchi Xalqaro meva va sabzavot yarmarkasi o‘z ishini boshladi, bundan asosiy maqsad - eksport salohiyatini ko‘tarish va respublika qishloq xo‘jalik sanoatini yanada yuqori darajaga olib chiqish. Mazkur yarmarka 12-14 iyul kunlari "O‘zekspomarkaz" ko‘rgazma majmuasida o‘tkaziladi. 

Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, yarmarkada tuzilgan shartnomalar hajmi ancha yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Unda har bir viloyat o‘zining meva va sabzavot mahsulotlari bilan qatnashadi. Bu mamlakatdagi eng keng ko‘lamli ko‘rgazma yarmarkasidir. 16 iyulga qadar "O‘zekspomarkaz"ning butun ko‘rgazma maydoni band bo‘ladi. 

Yarmarkada har bir viloyat o‘z mahsulotini taqdim etishi uchun alohida ko‘rgazma pavilonlari ajratilgan. Shu bilan birga qayta ishlangan mahsulotlar, jumladan quritilgan va muzlatilgan mahsulotlarga hamda qishloq xo‘jaligining moliyaviy, transport, logistik infratuzilmasini shakllantiruvchi muassasa va kompaniyalarga maxsus joylar ajratildi. Bundan tashqari yarmarkada taro-qadoqlash kompaniyalari ishtirok etishmoqda. Alohida maydonda sharq bozori tashkillashtirilgan bo‘lib, unda asosan turli ziravorlar va dukkaklilar namoyish etilgan. 

Yarmarka davomida ishtirokchi va tashkilotchilar meva va sabzavot jahon bozorining tendensiyalari va istiqbollarini batafsil tahlil qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Ishchi dasturdan eksportchilar va importchilar o‘rtasida ikki tomonlama muzokaralar, intensiv bog‘lardagi va mahsulotlarni qayta ishlovchi korxonalardagi faoliyat hamda sovutish moslamalari bilan tanishish o‘rin olgan. 
 

Ko‘proq yangiliklar: