Tereza Mey Brexit’ni Buyuk Britaniya yutug‘iga aylantirishga va'da berdi

Jahon 07:36 / 12.07.2016 3745

Buyuk Britaniyaning bo‘lg‘usi bosh vaziri, ichki ishlar vaziri Tereza Mey ko‘pchilik britaniyaliklarning Yevropa Ittifoqidan chiqishi qarori mamlakat uchun yutuqqa aylanishi uchun barcha ishni qilishga harakat qilishini aytdi. Bu haqda Sky News xabar bermoqda.

"Brexit Brexit’ni anglatadi va biz uni mamlakat uchun muvaffaqiyatli qilamiz", deb aytdi Mey.

Mey Yevropa Ittifoqidan chiqish doirasida "Britaniya uchun eng yaxshi taklif haqida kelishib olish" va "Buyuk Britaniya uchun dunyoda yangi rolni ishlab chiqishni" istayotganini ta'kidlab o‘tdi.

Britan konservatorlarining yangi yetakchisi millatni birlashtirish va "hamma uchun ishlaydigan mamlakatning kelajagiga yangi ijobiy qarash berishni" istayotganini aytdi.

"Biz odamlarga o‘z hayotlari ustidan ko‘proq nazoratni beramiz. Aynan shunday, biz birga yaxshiroq Britaniyani yaratamiz", deb qo‘shimcha qildi Mey.

Avvalroq Mey Britaniya Konservativ partiyasi yetakchisi bo‘lgani ma'lum bo‘lgandi.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron 11 iyulda 13 iyul kechki payt iste'foga ketishini hamda Tereza Mey yangi bosh vazir bo‘lishini aytdi.

Ko‘proq yangiliklar: