OAV: Rossiya aviakompaniyalari davlat yordamiga muhtoj

Jahon 14:11 / 12.07.2016 7897

Rossiya aviakompaniyalarining moliyaviy ahvoli yomonlashib, bozor ishtirokchilari davlat tomonidan sohaga yordam ko‘rsatilishiga umid qilmoqda. «Kommersant'» gazetasi Havo trasnporti foydalanuvchilari uyushmasi prezidenti Vladimir Tasunga tayangan holda shu haqda yozmoqda. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning yirik aviakompaniyalarining 2016 yil birinchi choragidagi zarari 24 milliard rublgacha oshgan. O‘tgan yilning shu davrida bu raqam 16 milliard rublni tashkil etgan edi. 

«2015 yilda paydo bo‘lgan ko‘rsatkichlarning tobora salbiy o‘zgarishlari kuzatilmoqda», — deydi Tasun.

Aviakompaniyalarning birinchi chorakdagi xarajatlari 15 foizga ortib, 225 mlrd rublni tashkil etgan. 

«Albatta, chipta narxlarini oshirish yoki Turkiyaga bo‘lgani kabi charter parvozlarini yo‘lga qo‘yish bilan talabni qaytarib bo‘lmasligi aniq», — degan uyushma prezidenti. 

Shu boisdan, uning fikricha, mazkur muammoni hal etish uchun qandaydir jiddiy choralar ko‘rish lozim. Xususan, kam ta'minlangan oilalarning aviaparvozlari bo‘yicha davlat buyurtmasi yoki soliq yukni kamaytirish shular jumlasidan. 

Ko‘proq yangiliklar: