AQShning Michigan shtati, Sent-Jozef shahrida kamida uch kishi Berrien okrugi sudi binosidagi otishmadan halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda bino xodimiga iqtibos keltirgan holda USA Today nashri.
Uning aytishicha, oqibatda 3 kishi halok bo‘lgan, bir kishi yaralangan. Shtat politsiyasi sudda otishma yuz berganini tasdiqladi hamda voqea 11 iyulda mahalliy vaqt bilan soat 14.30 da yuz berganini qo‘shimcha qildi.
Ma'lum qilinishicha, halok bo‘lganlardan ikki nafari sud nozirlari, uchinchi qurbon otishmani sodir etgan shaxsning o‘zi bo‘lgan.
Michigan politsiyasida ayni vaqtda shu ma'lumot tasdiqlanmagan.
Bino xodimi sud binosiga kirish-chiqish yopilganini, barcha personal o‘z xonalarida qolganini ma'lum qilgan.
WSBT ma'lumotlariga ko‘ra, politsiyachilar soat 15.00ga kelib binodagi vaziyatni o‘z nazoratlariga olishga muvaffaq bo‘lganlar.
Bir politsiyachi jarohat olgan, unga ikki marta o‘q uzilgan, deb ma'lum qildi okrug sherifi Berrien Pol Beyli.
Ayni vaqtda barcha jarohatlanganlar shifoxonalarga yetkazilganlar.