Italiya davlat qarzi YaIM 133 foizini tashkil etdi

Iqtisodiyot 10:00 / 12.07.2016 8063

Italiya respublikasi davlat qarzi o‘z tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetib, YaIMning qariyb 133 foizini tashkil etdi, deyiladi Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi hisobotida. 

"Davlat qarzi YaIMga nisbatan 133 foizga yaqinlashgan. Bu daraja esa, soliq hududi toraygan kenglik bo‘lib, soliq to‘lovchilarning keskinliklarga nisbatan chora ko‘rish imkonini kamaytiradi",  — deb ta'kidlanadi hujjatda. 

Shunga qaramay, XVJning taxmin qilishicha, mamlakat iqtisodiyoti 2016 yilda 1,1 foizga o‘sadi, 2017-2018 yillarda bu raqam —1,25 foizni tashkil etadi. 

Shu bilan birga, jamg‘armaning qayd etishicha, mazkur o‘sishni qisqartiruvchi ko‘plab tavakkalchiliklar mavjud:– moliya bozoridagi o‘zgarishlar, qochqinlar oqimi hamda global o‘sish sur'atlarining pasayishi oqibatlari shular jumlasidan. 

Ko‘proq yangiliklar: