Bag‘dod shimolida portlash yuz berishi tufayli kamida 9 kishi halok bo‘ldi

Jahon 11:41 / 12.07.2016 4897

Iroq poytaxti Bag‘dod shahrida yuz bergan navbatdagi portlash oqibatida kamida 9 kishi halok bo‘lib, 32 kishi jarohatlandi. Bu haqda tibbiyot xodimlari va xavfsizlik kuchlaridagi manbasiga asoslanib, Reyter agentligi xabar tarqatgan.

Ma'lum qilinishicha, Bag‘dod shimolidagi Rashidiya mavzesida avtomobilga o‘rnatilgan portlovchi qurilma harakatga keltirilgan.

Hozircha terakt uchun javobgarlikni hech bir tashkilot zimmasiga olmagan.

Ko‘proq yangiliklar: