AQShning Baltimor shahrida noma'lum shaxs namoyishchilarni o‘qqa tutdi

Jamiyat 10:45 / 12.07.2016 3886

Noma'lum shaxs AQShning Baltimor shahrida (Merilend shtati) zo‘ravonlikka qarshi namoyishga chiqqan kishilarni o‘qqa tutdi. Baltimor politsiya boshqarmasi ma'lumotiga ko‘ra, bu hujum natijasida 5 kishi jarohatlangan. Ayni vaqtda ularning hayotiga xavf ostida emas.

Ma'lum qilinishicha, namoyishda taxminan 20-30 atrofidagi kishi qatnashgan.

Politsiya vakili hozircha hujumdan ko‘zlangan maqsad ham, gumonlanuvchilar ham aniqlanmaganini aytgan.

Namoyish 10 iyul, yakshanba kuni Baltimorda 24 yoshli mahalliy qora tanli fuqaro o‘ldirilishi ortidan kelib chiqdi. Namoyish marhumning qarindosh va yaqinlari tomonidan uyushtirilgan.

O‘tgan yili Baltimorda 344ta qotillik yuz bergan, shundan 301tasida o‘qotar quroldan foydalanilgan. AQSh ro‘yxatga olish ma'lumotlariga ko‘ra, shahar aholisi soni 622 ming kishini tashkil etadi.

Ko‘proq yangiliklar: