Xabarlarga ko‘ra, "Ash-Shabaab" terrorchilik guruhi jangarilari Somalining Afgoyye shahri yaqinidagi harbiy bazaning darvozasini portlovchi moddalar to‘ldirilgan mashina bilan borib urishgan, oqibatda kamida 10 nafar askar qurbon bo‘lgan, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi Somali harbiylariga tayangan holda.
Qayd etilishicha, portlovchi moddalar to‘ldirilgan mashina harbiy baza darvozasiga kelib urilgach, jangarilar hujumni boshlagan.
«Ash-Shabaab» guruhining ta'kidlashicha, jangarilar 30 nafar harbiy xizmatchining qonini to‘kkan.
«Ash-Shabaab» 2012 yilda «Al-Qoida» tashkilotiga qo‘shilganini e'lon qilgan edi.
Avvalroq, ushbu guruh Efiopiyaning 40dan ortiq harbiy askarini o‘ldirganini ma'lum qilgan edi.