Turkiyada o‘smir yo‘lovchi 3 nafar politsiyachini otib o‘ldirdi

Jahon 12:20 / 11.07.2016 6165

Turkiya janubi-sharqidagi Shonliurf shahridagi avtostansiyada 17 yoshli yigit hujumi oqibatida 3 nafar politsiyachi halok bo‘lib, yana 3 nafari jarohatlandi.

Anadolu agentligining shahar hokimiga asoslanib xabar qilishicha, bu terroristik akt bo‘lmagan.

Qayd etilishicha, hujum qiluvchi ruhiy muammoga ega bo‘lgan. U bu vaqtda oilasi bilan sayohat qilayotgan bo‘lgan va otasining to‘pponchasini olib, hujum boshlagan.

Aniqlik kiritilishicha, bu yigit politsiyachilar hujjatlarni tekshirish maqsadida yo‘lovchilardan avtobusni tark etish so‘ralganida o‘t ocha boshlagan. Otishma chiqqach, u otib o‘ldirilgan.

Jarohatlangan 3 politsiyachi shifoxonaga yetkazilgan.

Ko‘proq yangiliklar: