Rossiya mudofaa vazirligi shimoliy kengliklarda Rossiyaning joylashishini mustahkamlash maqsadida Arktikada 10 ta aerodrom qurish va rekonstruksiya qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
"Arktikada Rossiya Maxsusqurilishi 6 ta orolda harbiy infratuzilma obektlarini barpo etmoqda", deb ma'lum qilindi vazirlikda.
2016 yilda ba'zi harbiy garnizonlardagi 150 dan ko‘proq punkt – mayoq, orollar va harbiy qismlarga 100 ming tonnadan ko‘proq moddiy vositalar yetkazish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, Arktikaga 190 tonnadan ko‘proq qurilish-montaj va inert materiallar yetkaziladi. Ular orasida aerodrom plitalari, sement, metall, quvur, armatura va turli texnika bor.
Ta'kidlanishicha, mudofaa vazirligi Arktikada bo‘linmalarni 2020 yilgacha joylashtirishda davom etadi.
Avvalroq Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari, Arktikani rivojlantirish bo‘yicha davlat komissiyasi rahbari Dmitriy Rogozin NATO o‘zining Akrtikadagi harbiy joylashishini oshirish uchun iqlim o‘zgarishini bahona qilganini aytgandi.