Portugaliyalik futbolchilar Yevro-2016 finalidagi g‘alabani Eysebioga bag‘ishlashdi

Sport 17:40 / 11.07.2016 11156

Yevropa chempionligini qo‘lga kiritgan Portugaliya terma jamoasi a'zolari mamlakatning afsonaviy futbolchisi Eysebio xotirasini yodga olishdi.

Futbolchilar vatanga qaytishda samolyot bortida Eysebioninng portreti bilan birga suratga tushishgan.

Qayd etish kerakki, kecha Portugaliya Fransiyani mag‘lubiyatga uchratib, o‘z tarixidagi ilk sovringa ega chiqdi.

Shu bilan birga, bu portugallarning fransuzlar ustidan keyingi 41 yil ichida qayd etgan ilk g‘alabasi bo‘ldi.

Eysebio 1966 yili jahon chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘lgandi va terma jamoa bilan turnirdagi uchinchi o‘rinni egallagandi. Bu natija Portugaliyaning shu vaqtgacha xalqaro turnirlardagi eng yaxshi natijasi hisoblanardi.

2004 yili Eysebio Portugaliya tarixidagi eng buyuk futbolchi sifatida e'tirof etildi.

Afsonavy futbolchi 2014 yilning 5 yanvarida olamdan o‘tdi.

Manba: Tribuna.uz

Ko‘proq yangiliklar: