Oq uy: Obama Dallasda halok bo‘lgan politsiyachilar dafn marosimida ishtirok etadi

Jahon 09:08 / 11.07.2016 3069

AQSh prezidenti Barak Obama 12 iyul, seshanba kuni Dallas shahriga tashrif buyurib, 7 iyulda mahalliy fuqaro Mika Xaver Jonson tomonidan otib o‘ldirilgan 5 politsiyachining xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etadi. Bu haqda 10 iyulda jurnalistlarga Oq uy matbuot kotibi Joshua Ernest ma'lum qildi. 

Dallasdagi fojia sababli Obama Ispaniyaga safarini bir kunga qisqartirdi va 10 iyulda Vashingtonga qaytdi. "Seshanba kuni prezident Dallasga jo‘naydi va u yerda Morton Meyyerson nomidagi konsert zalida o‘tadigan dafn marosimida ishtirok etadi", deb aytdi Ernest.

Dallasdagi fojia politsiyaning afroamerikaliklarga nisbatan qattiqqo‘lligiga qarshi o‘tayotgan namoyish vaqtida sodir bo‘ldi. 5 nafar politsiyachi halok bo‘lgan, yana 7 nafar politsiyachi va ikki fuqaro jarohat olgan. Otishmani sodir etgan qora tanli sobiq harbiy Jonson maxsus robotga joylashtirilgan portlovchi qurilmani portlatish natijasida yo‘q qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: