Ukraina milliy politsiya mahkamasi rahbari Xatiya Dekanoidzening ma'lum qilishicha, mamlakatdagi ijtimoiy-iqtsodiy vaziyat tufayli hamda qurol-yarog‘larning noqonuniy yashirin savdosi ortayotgani bois, jinoyatchilikka oid raqamlar ortib bormoqda. Bu haqda, u «Levyy bereg» internet-nashriga bergan intervyusida so‘z yuritgan.
«Men hech qachon jinoyatchilikni inkor qilmaganman. Jinoyat ko‘rsatkichi so‘nggi olti oyda yoki milliy politsiya tashkil etilishi bilan emas, balki 2013 yildayoq orta boshlagan. Bunga, bir necha omil, birinchi navbatda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat salbiy ta'sir emoqda», — deb qayd etgan Dekanoidze.
Bunda, uning ta'kidlashicha, Ukrainada qotillik kabi og‘ir jinoyatlar sodir etish hollari tashvishlanarli emas. Aksincha, o‘g‘irlik bilan bog‘liq qonunbuzarliklar 30 foiz oshgan. Ammo, u bu kabi jinoyatlarga qachon, qanday barham berish mumkinligiga javob berar ekan, politsiya uni atigi 10 foiz kamaytirishga ta'sir eta olishini aytgan.