AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter e'lon qilinmagan tashrif bilan Iroqqa keldi. Bu haqda Al Jazeera telekanali xabar bermoqda.
Uning xabariga ko‘ra, amerikalik vazir Bag‘dodda “Iroqning rasmiy vakillari va mamlakat armiyasi qo‘mondonligi vakillari bilan ko‘rishadi”.
Eslatib o‘tamiz, AQSh Suriya va Iroqda joylashib olgan IShID terrorchilik gurahiga qarshi kurashayotgan koalitsiyaga rahbarlik qiladi.