Liviya hukumati: Kazzofiy o‘g‘lining ozodlikka chiqarilishi haqidagi gaplar mas'uliyatsizlikdir

Jahon 07:17 / 11.07.2016 5920

Liviyaning sobiq yetakchisi Muammar Kazzofiyning o‘g‘li Sayf al-Islomning qamoqdan ozod etilishi haqida ba'zi shaxslar aytayotgan gaplar mas'uliyatsizlikdir. Shunday tasdiq bilan 10 iyulda Liviyaning yangi hukumati – xalqaro tan olingan milliy birdamlik hukumati prezidentlik kengashi chiqdi.

Sayf al-Islom Kazzofiyning ozod qilinishi haqidagi gaplar "mas'uliyatsizdir va jinoyatchilar tegishli jazodan qutulib qolishlariga imkoniyat borligi haqidagi taxminni qo‘llab-quvvatlaydi", deyilgan hujjatda. Bu hujjat Kazzofiy o‘g‘lining ozod etilishi haqidagi xabarga Liviya hukumatining birinchi rasmiy munosabati bo‘ldi.

Bir vaqtning o‘zida Prezidentlik kengashi Kazzofiy o‘g‘li ishi bo‘yicha xalqaro tashkilotlar hamda Xalqaro jinoiy sud bilan agar ularning yondashuvlari "Liviya qonunchiligiga zid kelmasa", hamkorlik qilishga tayyorligini tasdiqladi. Kengash Sayf al-Islom Kazzofiy ishi Liviya uchun katta ahamyatga ega ekanligini, chunki "Liviyaning suvereniteti va uning qilingan jinoyatlar uchun jazodan qutulib bo‘lmaslik tamoyiliga amal qilishi bilan bevosita bog‘liqligini" ta'qidlab o‘tdi.

Bir necha kun avval Sayf al-Islom aprel o‘rtalarida ozod qilingani haqida ma'lumot paydo bo‘lgandi. Shuningdek, Sayf al-Islom advokatining ta'kidlashicha, u umumiy amnistiya qonuni shartlariga tushgan.

Sayf al-Islom 2011 yildan Zintona qamog‘ida jazo o‘tamoqda. Aynan zintonaliklar uni 2011 yilda hibsga olishgan. 2015 yil 24 iyulda Tripoli hakamlik sudi sirtdan Sayf al-Islomga o‘lim hukmini chiqargan. O‘tgan juma kuni Zintona rahbariyati Sayf al-Islom qamoqda qolayotgani va uning taqdiri Liviya qonunlariga ko‘ra hal qilinishini aytgandi.

Ko‘proq yangiliklar: