Kreml: Rossiya Rio Olimpiadasiga boykot qilmaydi!

Sport 17:00 / 11.07.2016 4883

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov mamlakat sportchilarining Rio Olimpiadasida ishtirok etishini ta'kidladi.

«Rossiya doim Olimpiada o‘yinlariga boykot e'lon qilishni qoralagan. Shunday ekan, sportchilarimiz Rio Olimpiadasida qatnashadi»,- deydi Peskov.

Avvalroq Xalqaro yengil atletika federatsiyasi rossiyalik sportchilarni Rio Olimpiadasida qatnashishlarini taqiqlagandi. Shu sabab g‘arb nashrlarida Rossiyaning Rio Olimpiadasiga boykot e'lon qilishi haqidagi mish-mishlar tarqaldi.

Ta'kidlash joiz, 1980 yil Moskvada bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiada o‘yinlariga AQSh boshliq ko‘plab mamlakatlar boykot e'lon qilgan va musobaqada qatnashishmagan edi. Sabab sifatida Sobiq Ittifoqning Afg‘onistonda olib borgan harbiy yurishlari ko‘rsatilgan.

Ko‘proq yangiliklar: