So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Hindistonning Jammu va Kashmir shtatida to‘rtinchi kundirki davom etayotgan tartibsizliklarda qurbon bo‘lganlar soni 23 nafarga yetgan, 250dan ortiq inson turli darajada jabrlangan. Qurbonlar orasida politsiya xodimlari ham borligi xabar qilinmoqda. Bundan avval, 21 kishi halok bo‘lgani, 200ga yaqin kishi jabrlangani aytilgandi.
8 iyul kuni "Hizb-ul-Mujahiddin" faollaridan biri 21 yoshli Burhon Muzaffar Vaniy o‘ldirilgani ommaviy norozilik namoyishlariga turtki bo‘lgan edi.