Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Vazirlar Mahkamasining yig‘ilishida joriy yilning birinchi yarmida mamlakat iqtisodiyotiga 6,3 mlrd dollar investitsiya qilinganini ma'lum qildi.
"Birinchi yarim yillikda YaIMning pasayishiga qaramasdan, biz sanoat, qishloq xo‘jaligi, neft sohalarida o‘sish yuz berganini qayd qildik. O‘tgan 6 oy ichida mamlakat iqtisodiyotiga 6,3 mlrd dollar investitsiya kiritildi. Ozarbayjon xorijiy investorlar uchun jozibali davlat bo‘lib qolmoqda", deb aytdi Aliyev.
Aliyevning aytishicha, Ozarbayjonda birinchi yarim yillikda 78 ming ish o‘rni ochilgan. "Ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha katta ishlar olib borilmoqda. 2016 yil tarixda chuqur islohotlar yili sifatida qoladi", deb aytdi Aliyev.