Xitoyning Xiamen Airlines kompaniyasi Boeing'dan 30 ta samolyot sotib oladi

Iqtisodiyot 19:16 / 11.07.2016 3454

Xitoyning Xiamen Airlines davlat aviakompaniyasi 3,39 milliard dollarga 30 ta 737 MAX 200 samolyotlarini sotib olish uchun Boeing korporatsiyasi bilan dastlabki shartnomani imzoladi. Bu haqida RIA "Novosti" xabar beradi

XXR hukumati tasdiqlashi kerak bo‘lgan shartnoma Britaniyaning Farnborosidagi xalqaro aviasalonda kompaniyalar vakillari tomonidan tuzilgan.

"Biz Xiamen Airlines bilan munosabatlarimiz yangi bosqichga ko‘tarilganligidan xursandmiz. Bozordagi eng yaxshi 737 MAX 200 samolyotlarining ishonchli va samaradorliligi Xiamen va unga qardosh kompaniyalarga parvozlar ko‘lamini kengaytirish imkonini beradi", - dedi Boeing rahbari Rey Konnor. 

Hozirda Xiamen Airlines parkidan faqat Boeing samolyotlari o‘rin olgan: jami 140ta layner - 6ta 787 Dreamliner, 130ta Boeing-737 Next-Generation va 4ta Boeing-757. Tashuvchi 2020 yilning oxiriga borib, o‘z flotini 200ta samolyotga kengaytirmoqchi. 

Boeing 737 MAX samolyotlari aviakorporatsiya tomonidan Boeing 737 Next Generation seriyasidagi samolyotlarni almashtirish uchun ishlab chiqilgan. Mashinalarning yangi avlodi yanada kuchli dvigatellar bilan ta'minlangan. 

Ko‘proq yangiliklar: