Xitoyda "Nepartak" to‘foni tufayli 6 kishi halok bo‘ldi, 8 kishi bedarak yo‘qoldi

Jahon 00:38 / 11.07.2016 6443

Xitoyning sharqidagi Futszyan va Tszyansi viloyatlarida "Nepartak" to‘foni tufayli 6 kishi halok bo‘ldi, 8 kishi bedarak yo‘qoldi. Xitoy hukumati shunday oxirgi ma'lumotlarni keltirmoqda. Ayni vaqtda 203 ming kishi evakuatsiya qilingan. 1,9 ming uy to‘liq yoki qisman vayron bo‘lgan. 1,6 ming gektar maydondagi ekin butkul yo‘q bo‘lgan. 

Xitoy fuqarolik ma'muriyati vazirligining ma'lum qilishicha, to‘fon oqibatida 449 ming kishi jabrlangan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, iqtisodiy ziyon 860 mln yuanga  (128,7 mln dollar) baholanmoqda. 

To‘fon 8 iyul ertalab Tayvan orolining sharqiy qismiga 190-234 km/soat tezlik bilan yopirilgan. To‘fon Xitoyga 9 iyulda yetib keldi va ayni vaqtda tropik bo‘ronga aylangan.

Ko‘proq yangiliklar: