Xitoy va Markaziy Osiyo o‘rtasida yuk poyezdi harakatiga start berildi

Jahon 14:34 / 11.07.2016 21566

Xitoyning Sinxua agentligi xabariga ko‘ra, mamlakatning Pekin-Tyantszin-Xebey mintaqasini Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan bog‘lovchi temiryo‘l yuk poyezdi birinchi safariga otlangan. 

Agentlikning qayd etishicha, 2016 yil 8 iyul kuni yuk vagonlaridan iborat tarkib Shimoliy Xitoydagi Xebey viloyati Shaxe shahridan O‘zbekiston poytaxti tomon yo‘lga chiqqan. 

Vagonlarga, shishaoyna, bolalar aravachalari va boshqa yuklar ortilgan. 

Yangi temiryo‘l yo‘nalishi Xitoyning Shitszyachjuan, Tayyuan, Urumchi shaharlari orqali «Xorgos» nazorat-o‘tkazuv punktini kesib o‘tadi va Qozog‘istonning Olmaota shahridan so‘nggi manzili Toshkent shahriga yetib keladi. 

Uning uzunligi 5 ming kmga yaqin bo‘lib, safar vaqti 8 kunga teng. 


 

Ko‘proq yangiliklar: