XXR Janubiy-Xitoyda balandligi 55 metrli beshinchi mayoqni quradi

Jahon 12:20 / 11.07.2016 3975

XXR Janubiy-Xitoy dengizi qirg‘oqlarida to‘rtta mayoq qurganini, ayni damda beshinchisi qurilayotgani haqida ma'lum qildi. Bu haqda 10 iyul kuni XXR transport vazirligi xabar bergan.

Balandligi 55 metr bo‘lgan ko‘p funksiyali mayoqlar Xuayan, Subi (xitoycha aytilishi Chjubi), Mischif (Meytszi) va Yunshu qirg‘oqlarida qad rostlagan. "Ular allaqachon ishga tushgan va dengizdagi kemalar harakati xavfsizlikni ta'minlamoqda", - dedi vazirlik vakili.

Mayoqlar avtomat tarzda aniqlash tizimi va yuqori chastotali radiostansiyalar bilan ta'minlangan. Ular radiomayoq vazifasini ham o‘taydi. Ularda diametri 4,5 metrli bo‘lgan kuchli yoritgichlar o‘rnatilgan. Uning nuri 22 dengiz mili masofasini yorita oladi (1 dengiz mili 1842 metrga teng).

Ko‘proq yangiliklar: