Portugaliya terma jamoasi Yevro-2016 finalida qo‘shimcha bo‘limlarla urilgan gol evaziga Fransiya terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi.
Bu g‘alabadan keyin portugaliyaliklar terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu o‘zining ustozlaridan biri, uni «Manchester Yunayted»ga olib kelib, olamga tanitgan ser Aleks Fergyusondan tabrik qabul qildi.
Ronaldu final bahsida 25 daqiqa harakat qildi. U jarohat olib o‘yinni davom ettira olmadi va maydonni zambilda tark etdi. Uning o‘rniga Rikardu Kuarejma tushirildi.
Portugaliyalik ushbu futbolchini Fergyuson 2003 yili «Sporting»dan «Manchester Yunayted»ga olib kelgan, futbolchi 2009 yili «Real»ga o‘tgunicha manchesterliklar jamoasi sharafini himoya qilgandi.
Manba: Tribuna.uz