Yevro-2016 tashkilotchilari finaldan keyin stadiondagi tablo orqali Platiniga minnatdorchilik bildirishdi

Sport 12:02 / 11.07.2016 5296

Yevro-2016 finali vaqtida turnir tashkilotchilari UYeFAning sobiq rahbari, futbol faoliyatidan chetlashtirilgan Mishel Platiniga minnatdorchilik bildirishdi.

Fransiya va Portugaliya o‘rtasidagi uchrashuv vaqtida (0:1) "Stad de Frans" stadioni ekranida "Mishel, hammasi uchun rahmat" deb yozilgan va Platinining surati tushirilgan banner ko‘rindi.

Qayd etish kerakki, aynan Platinining tashabbusi bilan musobaqa formati o‘zgargan edi. Yevro-2016 turnirida odatdagi 16ta jamoa o‘rniga 24ta jamoa ishtirok etdi va guruh bosqichidan so‘ng nimchorak final o‘yinlari o‘tkazildi.

Bundan oldinroq, UYeFA bosh kotibi lavozimida vaqtinchalikka tayinlangan Teodor Teodoridis Platini Yevropa chempionati o‘yinlarini kuzatish uchun kelishga qiziqish bildirmagani, u final bahsiga kelishi ham kutilmayotgani haqida aytib o‘tgandi.

Manba: Tribuna.uz

Ko‘proq yangiliklar: