Ekvador qirg‘oqlarida 6,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Jahon 10:02 / 11.07.2016 2558

Ekvadorning shimoli-g‘arbiy qirg‘oqlariga yaqin hududda 6,4 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, yer osti silkinishlari mamlakat poytaxti Kito shahridan shimoli-g‘arbda joylashgan Esmeroldas shahridan uncha uzoq bo‘lmagan joyda qayd etildi.

Zilzila 35 km. yer ostida sodir bo‘lgan.

Jabrlanganlar va vayronakorlik haqida ayni damda hech qanday ma'lumot yo‘q.

Ko‘proq yangiliklar: