Dide Desham Fransiya terma jamoasi o‘z uyida o‘tgan Yevropa chempionatini yuta olmaganiga qaramasdan, terma jamoa bosh murabbiyi bo‘lib ishlashda davom etadi. Final uchrashuvida fransuzlar portugallarga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
O‘yindan keyin Desham terma jamoa bilan 2018 yilda Rossiyada o‘tadigan jahon chempionati saralash bosqichi va agar Fransiya jahon chempionatiga chiqa olsa, u yerda ham ishlashini aytdi, deb xabar bermoqda fransuz OAV.