Dallaslik mergan o‘limidan avval devorda qoni bilan noma qoldirgan

Jahon 00:07 / 11.07.2016 10912

AQShning Dallas shahrida bir necha politsiyalarni otib o‘ldirgan Miki Ksaver Jonson devorda o‘lim oldi nomasini qoldirdi. Bu haqda CNN telekanaliga shahar politsiyasi boshlig‘i Devid Braun ma'lum qildi

Qotil devorda R va B harflarini va "ba'zi yozuvlar"ni tasvirlagan. Ayni vaqtda politsiyachilar belgilar ma'nosini rasshifrovka qilishga urinmoqdalar. 

Braunning aytishicha, qotilning uyida u shaharda bir nechta portlash sodir etishni rejalashtirganiga ishora qiluvchi dalillar topilgan.

8 iyulga o‘tar kechasi Dallasda politsiyaga qarshi o‘tkazilgan namoyishlarda bir qator politsiyachilarga qarata o‘t ochilgan. 3 nafar politsiyachi voqea joyida, yana 2 nafari shifoxonada halok bo‘lgan. Yana 6 politsiyachi jarohat olgandi.  

Hujumni amalga oshirishda gumon qilinayotgan erkak AQSh armiyasining sobiq askari Miki Ksaver Jonson bo‘lib, u Afg‘onistonda xizmat qilgan. Jinoyatchi politsiyachilar tomonidan yer osti avtoturargohida qamal qilinib, robot-sapyor yordamida yo‘q qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: