AQShning Baton-Ruj shahrida 160 nafar namoyishchi qo‘lga olindi

Jamiyat 14:06 / 11.07.2016 4580

AQShning Luiziana shtatidagi Baton-Ruj shahrida afroamerikalikning o‘ldirilishiga qarshi namoyishga chiqqanlarning 160 nafari hibsga olindi. Bu haqda “Assoshieyted Press” xabar bermoqda.

Avvalroq qo‘lga olinganlar soni 101 nafar ekanligi ma'lum qilingan edi. Bundan tashqari, qo‘lga olinganlar orasida Black Lives Matter harakati faoli DeRey Makesson ham bor.

Agentlik xabariga ko‘ra, namoyishga chiqqan yuzlab odamlar shahar politsiya boshqarmasi idorasi oldida to‘planishgan. Namoyishni o‘nlab politsiya xodimlari nazorat qila boshlagan. Ularning qo‘lida plastmassa qalqonlar ham bo‘lgan.

Agentlikning ma'lum qilishicha, Makesson 10 iyul kuni shahar qamoqxonasini tark etgan. U “Baton-Ruj politsiya harakatidan tajjubga tushganini” aytgan.

Ko‘proq yangiliklar: