Amerika hukumati, Afrikaning Janubiy Sudan mamlakatida mojarolar yana avj ola boshlagani sabab, poytaxt Jubadagi elchixonasining texnik xodimlarini qaytarishga qaror qildi. Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Jon Kirbining ma'lum qilishicha, mazkur mamlakatda bo‘lgan barcha amerikaliklarga o‘ta ehtiyotkor bo‘lish tavsiya qilingan.
"Amerika tomoni, prezident Salva Kiir va birinchi vitse-prezident Riyek Mashar kuchlari o‘rtasida jangovar to‘qnashuvlar qayta boshlanganini keskin qoralaydi", - degan Jon Kirbi. "Biz, ziddiyatli tomonlarning rahbarlari, tarafdorlari va harbiy boshliqlarini harbiy harakatlarni to‘xtatish va yangi qonto‘kishlarning oldini olishga chaqiramiz".
Davlat departamenti matbuot kotibining ma'lum qilishicha, AQSh Janubiy Sudandagi vaziyat yuzasidan BMT XKning navbatdan tashqari majlisini chaqirgan.