Afg‘oniston sharqida o‘tkazilgan maxsus jangovar amaliyot chog‘ida IShID radikal guruhi a'zosi bo‘lgan 30dan ortiq jangari yo‘q qilingan, deb xabar qilmoqda Khaama Press agentligi.
Mahalliy hokimiyat vakillarining xabarlariga ko‘ra, 10-iyul kuni Nangarxar viloyatining ikkita tumanida o‘tkazilgan harbiy amaliyot natijasida 31 nafar jangari o‘ldirilgan. Ularning qurollari va o‘q-dorilari ham yo‘q qilingan. Jangarilar jasadlari orasida xorijiy millat vakillariga tegishli mayyitlar ham borligi aytilmoqda.
Shu bilan birga, harbiylar tomonidan berilgan qurbonlarga oydinlik kiritilmagan.