O‘zbekiston IIV bir qator viloyat va tumanlarda IIBning yangi rahbarlarini tayinladi

O‘zbekiston 23:36 / 10.07.2016 23503

O‘zbekiston ichki ishlar vaziri bir qator viloyat va tuman ichki ishlar boshqarma va bo‘limlariga yangi rahbarlar tayinladi. Bu haqda «Na postu» nashriga asoslanib «Gazeta.uz» xabar bergan.

Ma'lum qilinishicha, Buxoro IIBga podpolkovnik Baxtiyor Saitjanov  boshlig‘i etib tayinlangan. U O‘tkir Badalovni almashtirdi. O‘tkir Badalov bahorda bir vaqtning o‘zida Navoiy viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari va Zarafshon IIB boshlig‘i vazifasini bajarishga kirishgandi.

Podpolkovnik Vohid Mirzayev Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani IIB boshlig‘i etib, podpolkovnik Bunyod Rajapov esa Xorazm viloyati Bog‘ot tumani IIB boshlig‘i etib tayinlangan.

Shuningdek, Qorapalpog‘iston respublikasi Ichki ishlar xizmatlarida o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Jumladan, Qorao‘zak tumani IIB boshlig‘i etib podpolkovnik Salavat Kazbekov, Xo‘jayli tumani IIB boshlig‘i etib mayor Timurbek Doshumbayev tayinlangan.

Ko‘proq yangiliklar: