NATOda maxsus razvedka xizmati paydo bo‘ladi

Jahon 12:26 / 10.07.2016 7841

Varshavadagi NATO sammiti ishtirokchilari yangi xavfsizlik xizmati va razvedka tuzishga kelishib olishdi.

Qayd etilishicha, Alyansning bu islohoti «tashqi xavflarning o‘sishiga javob» bo‘ladi.

Qayd etilishicha, yangi bo‘lim o‘zining asosiy vazifasidan tashqari, razvedka ma'lumotlaridan maksimal tezlikda foydalanib, ittifoqchilarga taqdim etish bilan shug‘ullanadi.

NATOning 2 kunlik sammiti 8 iyul kuni Polsha poytaxtida boshlandi. Marosim doirasida ishtirokchilar Boltiq bo‘yi davlatlari va Polsha hududiga bittadan batalon joylashtirish, alyansning Afg‘onistondagi missiyasini 2017 yil uchun ham uzaytirish, shuningdek, Yaqin Sharq hududida xalqaro koalitsiyani qo‘llab-quvvatlash, IShIDga qarshi kurashda AWACS rusumidagi razvedkachi-samolyotlar parvozini yo‘lga qo‘yish haqida kelishib olindi.

Bundan tashqari, sammit doirasida Shimoliy Atlantika alyansi mamlakatlari Rossiya bilan munosabatlarni aniqlab olib, Ukrainaga keng qamrovli yordam paketini ma'qulladi.

NATO bosh kotibi Rossiyaning alyans tomonidan yakkalab qo‘yilishi imkonsiz va nomaqbul ekanligini tan oldi. 

Ko‘proq yangiliklar: