Krishtianu Ronaldu sklerozdan vafot etgan futbolchining bevasini Yevro-2016 finaliga taklif qildi

Sport 09:15 / 10.07.2016 22690

Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu Yevro-2016 finaliga Italiya terma jamoasining marhum sobiq futbolchisi Stefano Borgonovoning bevasini taklif qildi. Borgonovo 2013 yilda yon amiotrofik skleroz (ALS) tufayli hayotdan ko‘z yumgan, u umrining oxirgi yillari to‘liq falajlanib qolgan.

Bu kasaldan jumladan "Zenit"ning sobiq o‘yinchisi Fernando Riksen ham aziyat chekadi. 2014 yilda Ice Bucket Challenge aksiyasi bu kasallikka e'tiborni qaratishga bag‘ishlangan edi.

Yevro-2016 finalida Portugaliya musobaqa mezboni Fransiya bilan uchrashadi. Uchrashuv bugun, 10 iyunda tungi soat 00:00 da boshlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: