Kantona Ibrahimovichga: «MYu»da yettinchi raqamni o‘zing olishing mumkin  - bu mendan senga sovg‘a

Sport 10:46 / 10.07.2016 6615

«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Erik Kantona jamoaning yangi a'zosi, shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibrahimovichga yuzlandi.

«Menda Ibrahimovichga yo‘llaydigan o‘z so‘zlarim bor. Zlatan, sen qizillar jamoasiga o‘tishni tanlading — bu sen umringda qilgan eng yaxshi tanlov. Sen "Orzu teatri" bo‘ylab sayr qilganingda klubda avval o‘ynagan afsonalar ruhi borligini his qilishing mumkin. Avvalgi jamoalaringda bunday bo‘lmagan. «Stretford End» tribunalari oldida turib gol urishing mumkin. Bu yerda sening ismingni aytib hayqirayotgan olomon ovozlarini eshitishing mumkin. yuraging ko‘kragingdan chiqib ketayozgudek kuchli uradi. Sen buni chindan his qilganingda, ularni o‘zing ham sevib qolasan. Shunda sen tushunasanki, nihoyat uyingni topgansan.

Va oxirgisi. Manchesterda faqat bir qirol bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi, biroq agar istasang shahzoda bo‘lishing mumkin. Agar seni qiziqtirsa, mening yettinchi raqamimni ham olishing mumkin. Bu senga sovg‘am. Qirol ketdi, yashasin shahzoda!», — deya Kantonaning so‘zlarini keltiradi Goal.

Manba: Tribuna.uz

Ko‘proq yangiliklar: