9 iyulda Ispaniyada toreador tomosha vaqtida buqa suzishidan halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda EFE. Bu noxushlik Ispaniyada 1985 yildan beri matador arenada halok bo‘lgan birinchi voqea bo‘ldi.
Fojia Teruelada sodir bo‘ldi. Buqa 29 yoshli toreador Viktor Barrioga shohi bilan zarba berdi. Bu zarbadan toreador yiqilib tushganda buqa uning ko‘kragini bosgan. Toreador shifoxonaga yetkazilgan, biroq shifokorlar uning hayotini saqlab qolisha olmagan.
Shu kungi tomoshalar bekor qilingan. Tomoshalar 10 iyulda halok bo‘lgan toreador xotirasiga bir daqiqalik sukut bilan yana davom ettiriladi.
Bu voqea 21 asrda toreador arenada halok bo‘lgan birinchi voqea bo‘ldi.
Matador tomosha vaqtida halok bo‘lgan oxirgi shunday voqea 1985 yilda yuz bergandi. 1992 yilda arenada ikki banderilero (buqaga banderilya (sanchqilar) sanchadigan torero) Manolo Montoliu va Ramon Soto Vargas halok bo‘lgandi.
Barrio 1987 yilda tug‘ilgan bo‘lib, birinchi marta 2012 yilda Madriddagi Las-Ventas arenasida buqa bilan kurashishga chiqqan. Bungacha yigit golf-klubda ishlagan.
Ispaniyada 100 yil ichida korridaga aloqador bo‘lgan 134 nafar kishi buqalar hujumidan halok bo‘lgan, ulardan 33 nafari arena va fermalarda olingan jarohatlar tufayli halok bo‘lgan matadorlardir.