IShID jangarilari Iroq armiyasi hujumlarini to‘xtatish uchun neft qazib olinuvchi quduqlariga o‘t qo‘ydi. Sky News Arabia xabariga ko‘ra, bu ish Mo‘suldan janubdagi Al-Kiyar tumani hududida ro‘y bergan.
Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, terrorchilar yo‘llarga minalar o‘rnatishgan.
Shu orqali jangarilar Mosulga qarab harakatlanayotgan Iroq armiyasini to‘xtatmoqchi.
Bundan oldinroq, IShIDga qarshi harbiy harakatlar davomida Iroq armiyasi Al-Kiyardagi harbiy bazani ozod etgani ma'lum bo‘lgandi.
Mo‘sulni ozod etish Iroq harbiylarining bosh maqsadi hisoblanadi. Shahar 2014 yilning iyunidan buyon jangarilar nazorati ostida. Ayni vaqtda Mo‘sul IShIDning Iroqdagi norasmiy poytaxti hisoblanadi.