Xitoyning sharqiy viloyati Futszyanda "Nepartak" to‘foni mingga yaqin uyga shikast yetkazdi, deb xabar bermoqda "Sinxua" axborot agentligi. 5 kishi bedarak yo‘qolgan.
To‘fon 5 ta aeroportning vaqtincha faoliyatini to‘xtatishga va 400 ga yaqin reysning bekor qilinishiga olib keldi. Bundan tashqari, 5 ming avtobus va 341 ta yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezd reysga chiqmagan. 33 mingdan ko‘proq baliqchilik kemasi portlarda to‘fondan yashiringan.
Tabiiy fojia vaqtida Tayvan oroli bilan havo va dengiz aloqasi to‘xtatildi.
Avvalroq Xitoyda 400 mingdan ko‘proq odam yaqinlashib kelayotgan to‘fon sababli evakuatsiya qilingani ma'lum qilingandi.