Yevropa chempionati finalida 3400 politsiyachi navbatchilik qiladi

Sport 00:30 / 10.07.2016 4089

Yevropa chempionati finalida 3400 kishidan iborat politsiya kontingenti navbatchilik qiladi. Bu haqda chempionat o‘tayotgan Fransiya hukumati bayonotiga iqtibos keltirgan holda AFP axborot agentligi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 1300 politsiyachi bevosita stadiondagi xavfsizlikni, 1400 politsiyachi Parijdagi fan hududlarni nazorat qiladi, yana 700 politsiyachi jamoat transportida navbatchilik qiladi. 

Fransiya va Portugaliya o‘rtasidagi final Parij yaqinidagi Sen-Denidagi "Stad de Frans" stadionida 10 iyulda bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvga Fransiya prezidenti Fransua Olland tashrif buyuradi.

Ma'lum qilinishicha, alohida xavfsizlik choralari Eyfel minorasi ostonasidagi Mars maydonida ham ko‘riladi. "Uchrashuvning muhimligi hisobga olinsa, 90 ming kishini qabul qilishga mo‘ljallangan fan-hududga ko‘proq odam tushishga harakat qiladi. Bu vaziyatda biz hududga barcha kirishlarni yopish uchun choralar ko‘ramiz", deb aytildi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: