Yevro-2016 tufayli Fransiyadagi iqtisodiy samaradorlik 1,2 mlrd yevrodan ko‘proqqa baholanmoqda

Sport 14:26 / 10.07.2016 6962

Yevro-2016 o‘tkazilishidan Fransiyada ko‘rilgan iqtisodiy samara 1,2 mlrd yevrodan ko‘proqqa baholanmoqda, deb xabar bermoqda nufuzli tadqiqotlarga iqtibos keltirgan holda UYeFA matbuot xizmati.  

"100 mingga yaqin kishi musobaqa davomida ish bilan ta'minlandi. 20 ming ish o‘rni stadionlarni qurish va rekonstruksiya qilish davomida yaratildi. 25 ming to‘laqonli ish o‘rni Yevro-2016 doirasidagi iqtisodiy faoliyat natijasida paydo bo‘ldi. Musobaqaning muhim merosi uchrashuvlarni qabul qiluvchi shaharlarda sport infratuzilmasini moliyalashtirishning o‘sishi ham bo‘ldi.

Musobaqa katta sondagi odamlarni o‘ziga jalb qildi. 2,4 millionga yaqin tomoshabin o‘yinlarni tribunalardan tomosha qildi. Musobaqaning mashhurligi shunchalik yuqori bo‘ldiki, Yevropaning eng yaxshi o‘yinchilarini ko‘rishni istagan betaraf muxlislardan chiptalar olishga 11,2 millionta ariza tushdi. Chempionat davomida butun Fransiyadagi 10ta fan-hududiga 3,6 mln kishi tashrif buyurdi", deyilgan xabarda.

Bugun, 10 iyulda, bir oy davom etgan musobaqaning asosiy uchrashuvi – Fransiya va Portugaliya o‘rtasidagi final bahsi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv kechki soat 00:00da, Parijdagi "Stad de Frans" o‘yingohida boshlanadi.

Manba: Tribuna.uz

Ko‘proq yangiliklar: