Eron TIVning ma'lum qilishicha, Saudiya Arabistoni terrorizmni qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda. Eron tomonining bu bayonoti saudiyalik shahzodaning Eron hukumatini ag‘darish haqidagi fikridan keyin yangradi.
«Saudiyaliklar mashhur terrorchilarga yordam berishga oshiqishmoqda. Bu shuni ko‘rsatadiki, ular terrorizm va terrorchilardan o‘zlarining mintaqadagi manfaatlarini mustahkamlashda foydalanishadi», — degan Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili.
Reyter agentligining qayd etishicha, saudiyalik shahzoda va razvedkaning sobiq amaldori Turki al-Feysal bundan oldinroq Fransiyaga tashrif buyurib, Eron muxolifati tomonidan hukumatga qarshi o‘tkazilgan namoyishda ishtirok etgan. Shahzoda namoyishchilarga Erondagi hukumat ag‘darilishiga erishishlarini tilagan.
Bundan oldinroq, Eron diniy rahnamosi Oyatalloh Ali Xomaneiy AQSh, Buyuk Britaniya va Isroil maxsus xizmatlarini mintaqada terrorchilikni yaratish va o‘stirishda ayblagandi.