Germaniya poytaxti Berlinda 9 iyul kechki payt bo‘lib o‘tgan so‘l mafkura tarafdorlari namoyishi tungi soatlarda tartibsizliklarga aylanib ketdi va politsiya bilan to‘qnashuvlar bilan yakunlandi. 10 iyulda huquq-tartibot muassasalarida ma'lum qilinganidek, oqibatda 123 nafar politsiyachi jarohat olgan.
1,5 ming kishi ishtirok etgan namoyishning o‘tkazilishiga shahar ma'muriyatining Rigayer-shtrasse ko‘chasidagi bir nechta qarovsiz uylardan aholining majburiy ko‘chirilishi rejasi sabab bo‘ldi.
Ushbu holat yuzasidan kelishilgan namoyish o‘tgandan keyin, yuzlab so‘l radikallar Fridrixsxayn va Kroytsberg tumanlarida politsiya bilan to‘qnashgan. To‘qnashuvlar ertalabgacha davom etgan. Politsiyachilar tomon toshlar, shisha idishlar va pirotexnika uloqtirilgan. Kamida 4 ta avtomobil yoqib yuborilgan.
Tartibsizliklarning 86 nafar ishtirokchisi qo‘lga olindi. "Berlinda oxirgi 5 yil ichida yuz bergan namoyishlardan bunisi eng tajovuzkor va zo‘ravon ko‘rinishga ega bo‘ldi", deyildi politsiyada.
Tartibni Berlin va boshqa federal yerlardan kelgan 1,8 ming politsiyachi ta'minlagandi.